Soulmate

Sevgini kiyib yuring

A HUG YOU CAN WEAR. Juftlik xudilari, ismli futbolkalar va kelin guldastasi lentalari — Toshkentda, qizil ip va katta mehr bilan tikiladi.

Har bir chokda — quchoq

Soulmate — Toshkentdagi kashta studiyasi. Futbolka, xudi, svitshot va oʻzingizning kiyimlaringizga buyurtma asosida kashta tikamiz — yaqinlaringiz umrbod saqlaydigan sovgʻalar.

Nega aynan Soulmate?

Bitta sovgʻa ham, korporativ buyurtma ham — bir xil eʼtibor bilan.

Premium sifat

Germaniya va Yaponiya texnologiyalari: yuzlab yuvishdan keyin ham rangi oʻchmaydi, titilmaydi.

Cheklovlar yoʻq

Shaxsiy sovgʻa uchun 1 dona ham, brendlar uchun 1000 dona ham.

Hammasi bir joyda

Premium blank kiyimlar, dizayn xizmati va kashta — kiyim izlab vaqt yoʻqotmaysiz.

Rasmiy hamkorlik

Yuridik shaxslar uchun shartnoma, pul koʻchirish va elektron hisob-faktura.

Tezkor yetkazib berish

1–7 kunda tayyor. Toshkentda kuryer, viloyatlarga BTS/Fargo orqali.

Soulmate xitlari

Mijozlarimiz eng koʻp tanlaydigan kashtali sovgʻalar.

Kashtali futbolka

Individual kashta, sovgʻa qadoqlash bepul

350тыс

Kelin guldastasi uchun ismli lenta

Toʻy guldastasi uchun ism va sana tikilgan lenta

100000

Kichik kashta

Kiyimsiz, faqat kashta

150.000

Katta kashta

Kiyimsiz, faqat kashta

200.000

Kashtali juftlik xudilari

Premium xudi, standart oversize oʻlcham, sovgʻa qadoqlash

по 300тыс
Buyurtma berish

Buyurtma qanday boʻladi

Gʻoyadan tayyor sovgʻagacha — toʻrt qadam.

Dizayn tanlang yoki yuboring

Rasm, logotip yoki shunchaki gʻoya — dizaynerimiz yordam beradi.

Raqamli maket

Kashtadan oldin maketni koʻrib, tasdiqlaysiz.

Kashta tikish

Premium iplar bilan nemis va yapon uskunalarida tikamiz.

Yetkazib berish

Sovgʻa qadoqda — Toshkent va butun Oʻzbekiston boʻylab.

Mijozlarimiz fikri

Haqiqiy Soulmateʼlarning soʻzlari.

Yigitimga tugʻilgan kuniga oʻzimizning rasmimiz tushirilgan custom xudi buyurtma qilgandim. Kashta juda yorqin va chiroyli chiqdi, printga oʻxshab yorilib ketmaydi. Dizayn tanlashda yordam berganingiz uchun rahmat! Haqiqiy Soulmateʼlar uchun.
Jasmina A. · Talaba · @akbarova_raykhona
Oʻzim uchun noodatiy kashtali oversize futbolka oldim. Mato ham, kashta ham juda sifatli. Issiq yozda kiyishga qulay, iplari badanga botmaydi. Endi doimiy mijozingizmiz :)
Humoyun B. · Frilanser
Toshkentda sifatli kashta tikadigan joy qidirib koʻp vaqt yoʻqotgandim. Nihoyat aynan men xohlagandek ishlaydigan jamoani topdim. Telegram orqali buyurtma berish juda oson va tez boʻldi.
Sardor M. · Dizayner
Xodimlarimiz uchun brendlangan xudi va pololar buyurtma qildik. Kashta printdan ancha premium koʻrinadi, yuvganda titilmadi, rangi oʻchmadi. Logotipimizdagi mayda detallar ham juda aniq tushgan. Rahmat!
Diyorbek X. · Video studiya xodimi

Koʻp beriladigan savollar

Kashtali kiyimni qanday yuvish kerak?

30–40 darajadan yuqori boʻlmagan haroratda, teskari qilib yuving. Dazmolni teskari tomondan yoki yupqa mato ustidan bosing.

Toshkent va viloyatlarga yetkazib berasizmi?

Ha! Toshkentda Yandex Go yoki oʻz kuryerimiz orqali, viloyatlarga BTS, Fargo yoki Pochta orqali 1–2 kunda.

Buyurtma qancha vaqtda tayyor boʻladi?

1 donalik buyurtma: 1–3 ish kuni. Korporativ va katta hajm: 3–10 ish kuni. Shoshilinch boʻlsa, menejer bilan kelishing.

Kashta printdan nimasi bilan farq qiladi?

Print vaqt oʻtib yoriladi va oʻchadi. Premium iplar bilan tikilgan kashta esa rangini yoʻqotmaydi, titilmaydi va qimmatbaho koʻrinadi.

Kiyim sizdanmi yoki oʻzimnikiga tikasizmi?

Ikkalasi ham mumkin: 100% paxta xudi, svitshot, futbolka, kepka va fartuklarimiz bor yoki oʻz kiyimingizni olib keling.

Dizaynni qanday yuboraman?

PNG, JPEG yoki AI, EPS, PDF formatida yuboring. Dizayn boʻlmasa, dizaynerlarimiz gʻoyangiz asosida tayyorlab beradi.

Minimal buyurtma bormi?

Yoʻq! 1 dona ham buyurtma qilish mumkin. Katta hajmdagi buyurtmalarga maxsus chegirmalar bor.

Sovgʻangizni buyurtma qiling

Gʻoyangizni yozing — menejerimiz tez orada bogʻlanadi. Kashtali mahsulotga sovgʻa qadoqlash bepul.

Aloqa

Studiyamizga keling yoki qoʻngʻiroq qiling.

Buyurtma berish